19:57 / 13.09.2017
5 586

Janubiy Karolinada shamol yerga qo‘nmoqchi bo‘lgan samolyotni uchirib ketdi (video)

Janubiy Karolinada shamol yerga qo‘nmoqchi bo‘lgan samolyotni uchirib ketdi (video)
Alligient kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot 11 sentyabr kuni Janubiy Korolinaning Mertl-Bich aeroportiga qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtida «Irma» to‘fonining shamoliga duch keldi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Samolyot Xarrisburgdan (Pensilvaniya) ko‘tarilgan bo‘lib, qo‘nishni amalga oshira olmaganidan so‘ng Shimoliy Karolinaning Roli shahriga yo‘naltirilib yuborilgan, deb yozadi Daily Mail.

Shamolning samolyotni tom ma’noda uchirib ketayotgani tasvirlangan video ABC 15 kanali xodimi Ed Piotrovski tomonidan tasvirga olingan.

Ushbu video ostiga izoh qoldirganlar uchuvchining mahoratiga tasanno aytishmoqda.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Mertl-Bich aeroportidagi ko‘plab reyslar bekor qilingan yoki vaqtinchalik to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Karolinada shamol yerga qo‘nmoqchi bo‘lgan samolyotni uchirib ketdi (video)