09:55 / 19.02.2015
6 501

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari AQShga uchib ketdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari AQShga uchib ketdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov boshchiligidagi delegasiya 18 fevral kuni AQSh poytaxtiga ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etish uchun uchib ketdi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.

Vashingtonda bo‘ladigan uchrashuvda FXX rahbari o‘zining xorijiy hamkasblari bilan xorijiy terrorchilarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qiladi hamda bunday shaxslar to‘g‘risida axborot almashish bo‘yicha texnologik echimlar bilan o‘rtoqlashadi.

Bu hafta Vashingtonda ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tmoqda. AQSh prezidenti Barak Obama ta’kidlaganidek, bu tadbir orqali ozod va ko‘p millatli jamiyatlar “imkoniyatlar, adolat va insoniy qadr-qimmat”larga yo‘l ochib berishini yana bir bor namoyish qilish mumkin bo‘ladi. 19 fevralda sammit xalqaro masalalarga bag‘ishlangan qismi bilan o‘z ishini davom ettiradi.

Sammitda 70 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari AQShga uchib ketdi