11:28 / 19.02.2015
6 567

Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi

Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi

“Biz islom dini bilan kurashmayapmiz, biz uni buzayotganlar bilan kurashmoqdamiz”, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan ekstremizmga qarshi kurashish sammitidagi nutqi davomida.

“Al Qoida” va “Islom davlati” terrorchilik guruhlari etakchilari haqida gapirayotib, Obama ularni “Bular diniy etakchilar emas, ular terrorchilardir” deb atadi.

Obama, shuningdek, islom dini zo‘ravonlikni targ‘ib qilishi haqidagi fikrlarga e’tiroz bildirdi.

“Hech qanday din terrorchilik uchun javobgar emas. Odamlarning o‘zi bu zo‘ravonliklar va terrorchiliklar uchun javobgardir”, deb aytdi Obama.

U, shuningdek, islom dini ulamolarining dindorlar orasida ekstremizmga qarshi kurashishni kuchaytirish uchun ko‘proq hissa qo‘shishga chaqirdi.

Iroq va Suriyaning qatta qismini bosib olgan IShID terrorchilik guruhi 2014 yilda dunyoning eng yirik muammolaridan biriga aylandi. Markaziy razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 mingga yaqin jangariga ega bo‘lgan bu terrorchilik guruhi bosib olgan hududlarida xalifalik e’lon qilgan va yana ko‘proq erlarni bosib olishga intilmoqda.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama AQShning islom diniga qarshi emas, terroristlarga qarshi kurashayotganini ta’kidladi