Qamchiq dovonida Nexia avtomobili tepalikdan pastga quladi


Bugun, 2 iyun kuni Qamchiq dovonida navbatdagi YTH qayd etildi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga asoslanib \"Qalampir\" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, oq rangdagi Nexia avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, tepalikdan pastga qulagan. Aytishlari avtomobil u qadar katta tezlikda kelmayotgan bo‘lgan. Avtomobil yomg‘irli yo‘lda to‘xtashga qiynalib, sirpangan va pastlikka qulagan. Halokat sabab ag‘darilib ketgan avtomobil ko‘ngilli haydovchilar yordami bilan to‘g‘ri holatga kelitirilgan.
YTH natijasida hech kim jabr ko‘rmagan. Avtomobil ichida bo‘lganlarning salomatligi yaxshi ekani xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qamchiq dovonida ikki avtomobil ko‘chki ostida qolib, 5 kishi halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













