Toshkentda “avtomoyka”da qoldirib ketilgan Captiva o‘g‘irlab ketildi


Toshkent shahrining Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘ziga tegishli Captiva avtomobilini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketgach, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB navbatchilik qismiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, avtomobilni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketgan, deb yozadi \"Qalampir\" nashri.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shaxobchasida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida o‘g‘irlab ketilgan avtomashina Nukus ko‘chasida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 24 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













