Xitoyda yoshlarbop krossover 9 ming dollardan sotiladi

Xitoyda yoshlarbop krossover 9 ming dollardan sotiladi
Xitoyda yoshlarbop krossover 9 ming dollardan sotiladi

Beijing Auto kompaniyasi va Yinxiang moto ishlab chiqaruvchi shirkati Bisu nomli hamyonbop yangi brend tashkil etishdi. Brend yosh xaridorlarga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda \"Carzone.uz\" sayti.

Bisu markasining ilk qaldirg‘ochi Bisu S25 ixcham krossoveri bo‘ldi. Krossover asosida Beijing Auto ishlagan platforma yotibdi. Kuzovi ikki xil rangda. Evropacha dizayni yoshlarni o‘ziga jalb qiladi.
Xitoyda yoshlarbop krossover 9 ming dollardan sotiladi

Ammo narxi hammasidan ko‘ra ko‘proq xaridorni jalb etadi. Oldi tortadigan asos modifikasiyasi 60 ming yuan yoki 8965 dollar turadi. Bir muddat o‘tib to‘la uzatmali modifikasiyasi dunyo yuzini ko‘radi, u 70 ming yuan yoki 10460 dollarga baholanmoqda.

Bisuning asosiy raqobatchilari Great Wall M4, Chery Tiggo 3 va Changan CS35 avtorusumlaridir.

Bisu S25 arzon narxi bilan ixcham krossoverlar segmentidan o‘z o‘rnini topishi mumkin. Biroq Xitoyning deyarli barcha avtomobilsoz kompaniyalari o‘zining ixcham krossoverini ishlab chiqarishini ham aytib o‘tish lozim.
Xitoyda yoshlarbop krossover 9 ming dollardan sotiladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.