"Tesla" modellar qatoridan miniven o‘rin oladi


Tesla kompaniyasi modellar qatori miniven bilan to‘ldiriladi. Nomi noma’lum bo‘lgan yangi mashina Model X elektr krossoveri negizida quriladi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask kompaniya tvitterida ma’lum qildi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Bundan tashqari, Mask bu xabarga izohlarda yana bitta yangi model – Model Y’ning paydo bo‘lishini tasdiqladi. 2015 yil oktyabrda Mask bunday nomdagi mashina chiqarilishi haqida yozgandi. O‘shanda bu yozuv chop etilgandan keyin o‘chirib tashlangandi.

O‘shanda Model Y kompaniyaning ikkinchi krossoveri bo‘lishi ma’lum qilingandi. Taxmincha, yangi model Model X kabi \"lochin qanoti\" ko‘rinishidagi orqa eshiklar bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













