Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi

Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi
Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi

Bugun, 6 avgust taxminan soat 13:25da Toshkent Univermagi binosi yonida yo‘l chetidagi daraxtning katta shohi sinib, pastga quladi, deb yozmoqda \"Qalampir\" nashri. Natijada qarovsiz qoldirilgan ikki avtomobil jiddiy zarar ko‘rdi. Darxt shohlari Cobalt va Matiz rusumidagi ikki avtomobil ustiga tushgan. Matiz avtomobilining old oynasi sindi, Sobalt rusumidagi mashinaning old qismi biroz shikastlandi.
Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi

Guvohlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, daraxt ostida yana bir avtomobil bo‘lgan. Uning egasi esa avtomobilini xavfsiz joyga olishga ulgurgan.
Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi

Baxtsiz hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.
Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi

Bunday holat Toshkent shahrida birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q. Yog‘ingarchilik, kuchli shamol natijasida yo‘l chetidagi bir necha yillik daraxtlarning ag‘darilib, avtomobillarga zarar etkazgani haqida avval ham xabar bergan edik. Toshkent shahar hokimiyati va Obodonlashtirish bosh boshqarmasi bunday holatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Baxtsiz hodisalarning oldi olinardi.
Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.