Olma-Otada ikki yuzta nemis avtobusi qatnaydi


Qo‘shni Qozog‘istonning Janubiy poytaxti ko‘chalariga 200 dona Mercedes avtobusi qo‘yiladi. 20tasi shu yilning dekabridanoq qatnashni boshlaydi. Bu haqda \"Qalampir.uz\" xabar bermoqda.
Olma-Ota hokimiyati va FalconEuroBus kompaniyasi hamda Daimler AG konserni o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolangan. Yangi avtobuslar “Evro-5” standartiga mos keladi.
Yangi avtopark Auezov tumanida quriladi. U 7 gektar maydonni egallashi va usti yopiladigan maydonchalari 255 avtobusni sig‘dirishi ma’lum.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













