AvtoVAZ Lada uchun yillik 0,01% kredit taklif qilmoqda

AvtoVAZ Lada uchun yillik 0,01% kredit taklif qilmoqda
AvtoVAZ Lada avtomobillariga 350 000 rublgacha chegirma e\'lon qildi. AvtoVAZ 2025-yil fevral oyida Lada avtomobillarini sotib olish uchun maxsus chegirmalar va kredit shartlarini taklif qildi.

28-fevralga qadar Aura, Vesta, Granta, Largus va Niva Travel modellari uchun kamida 50% boshlangʻich toʻlov bilan yillik 0,01% stavkada kredit olish imkoniyati mavjud.

Chegirmalar quyidagicha:
* Lada Aura Premier (bazaviy komplektatsiya) — 2 299 000 rubl (300 000 rubl chegirma bilan).
* Lada Vesta AT 1.6L — 1 275 000 rubl (300 000 rubl chegirma bilan).
* Shuningdek, tijorat avtomobillari va lizing dasturi uchun 350 000 rublgacha chegirma taklif qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.