Tesla Motors britaniyaliklar uchun narxini oshiradi


Buyuk Britaniya 2017 yilda Evroittifoqdan chiqish uchun ovoz berganidan so‘ng AQShning Tesla Motors kompaniyasi ularga 5 foiz ortiqroq narx belgilaydigan bo‘ldi. Kompaniya vakili valyuta kurslari o‘zgarganligi uchun shunday qilinganligini tushuntirmoqda.
Brexitdan so‘ng funt sterling 15 foizdan ortiq tushib ketdi. Bu import tovarlar va chetdan keltiriladigan komponentlar asosida tayyorlanadigan mahalliy mahsulotlar narxi oshishiga olib keldi.
Edinburgdagi Tesla magazini menejeri mijozlarga kompaniyaning yangi narxlash strategiyasi batafsil bayon qilingan xat tarqatdi. Unda yozilishicha, narx faqat individual buyurtmachilar uchun oshirilyapti, avtoko‘rgazmadan yoki “ikkinchi qo‘l” xarid qilish narxlari o‘zgarmay qoladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













