Yaponlar Google avtopilotiga qiziqib qoldi


Honda avtomobilsozlari avtonom boshqaruv tizimi bilan shug‘ullanadigan Waymo kompaniyasiga yordam so‘rab murojaat qildi.
Waymo “Gugl”ning bo‘linmasi hisoblanadi. Hamkorlar butunlay yangi mashina tayyorlamoqchi emas, avtopilotni yapon mashinasiga moslamoqchi.
Aytib o‘tish kerakki, Google o‘z avtomobilini ishlash loyihasini yig‘ishtirdi va avtonom avtomobillar uchun dasturlar tayyorlashga ixtisoslashmoqda. Google bilan hamkorlik qilish istagini avvalroq Fiat Chrysler bildirgan bo‘lsa, mana endi “Xonda” qo‘shildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













