Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi
Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi E sinfidagi universalning «kuchaytirilgan» AMG-toifasini namoyish qildi. Uning top S-varianti 612 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Universalga 4.0 litrli biturbo V8 dvigateli o‘rnatiladi.
Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Mercedes-AMG E 63 Estate modelining barcha namunalariga 9 diapazonli AMG Sportshift MCT avtomatik uzatmalar qutisi joylanadi. Uning gidrotransformatori elektron boshqaruvli uzatma bilan almashtirilgan.
Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Avtomobilning bosh namunasi joyidan soatiga 100 km tezlikka 3,6 soniyada erishadi. 612 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgani 0,1 soniya tezroq.
Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Universal, shuningdek, barcha g‘ildiraklarni etakchi qiluvchi 4Matic+ tizimiga ham ega. Bunda, aylanuvchi lahzalar old va orqa o‘qlarga birdek taqsimlanishi yoki faqat orqa o‘qqa o‘tkazilishi mumkin.
Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Mercedes-AMG E 63 Estate modelining arzon namunasi boshqaruv elektronikasi ishlash tartibini o‘zgartirish tizimi, Command multimedia tizimi va karbon-keramik tormozlariga ham ega bo‘ladi.

«Kuchaytirilgan» universalning ilk taqdimoti mart oyida Jeneva avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi va shu yilning iyun oyidan sotuvga chiqariladi.
Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi

Mercedes-Benz E sinfidagi yangi universalini namoyish qildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.