Yunusobodda yuz bergan mudhish YTHning suratlari tarqaldi

Yunusobodda yuz bergan mudhish YTHning suratlari tarqaldi
Yunusobodda yuz bergan mudhish YTHning suratlari tarqaldi

9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida dahshatli avtohalokat yuz bergani haqida xabar bergan edik. YTH haqida ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar tarqatilgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib mazkur avtohalokatga aloqador fotosuratlar tarqaldi.
Yunusobodda yuz bergan mudhish YTHning suratlari tarqaldi

Suratlarda aks etganidek, Spark hamda Matiz avtomobillari deyarli temir-tersakka aylangan. Voqeadan bexabar inson ham fotosuratlarni ko‘rishi bilan, halokatdan so‘ng biror kishi tirik qolmaganini anglashi qiyin emas.

Eslatib o‘tamiz, Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi vafot etgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan o‘nlab kishilar ana shunday ma’lumotni etkazishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ayrim manbalarda avtohalokat 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Hozircha Ichki ishlar vazirligi bu voqea yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.