Toshkent shahrining bir necha chorrahasida «Stop-liniya» belgilari paydo bo‘ldi

Toshkent shahrining bir necha chorrahasida «Stop-liniya» belgilari paydo bo‘ldi
31 mart kuni Toshkent shahrida haydovchilarni to‘xtash chizig‘i haqida ogohlantiruvchi «Stop-liniya» (5.33) belgilari o‘rnatila boshlandi. Bunday belgilar birinchi bo‘lib poytaxtning markaziy chorrahalarida o‘rnatildi. Bu haqda «Nuz.uz»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Toshkent shahrining bir necha chorrahasida «Stop-liniya» belgilari paydo bo‘ldi
Xususan, mazkur yo‘l ko‘rsatkichlari shaharning Labzak va Navoiy ko‘chalari hamda Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari tutashgan ikki markaziy chorrahada o‘rnatildi.
Toshkent shahrining bir necha chorrahasida «Stop-liniya» belgilari paydo bo‘ldi
Belgilar yo‘lga chizilgan to‘xtash chizig‘i yoniga o‘rnatilmoqda. «Gazeta.uz»ning yozishicha, bosh harflar bilan «STOP» so‘zi yozilgan axborot-ishora belgisi, O‘zbekiston YHQga muvofiq, svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.
Toshkent shahrining bir necha chorrahasida «Stop-liniya» belgilari paydo bo‘ldi
Bundan tashqari, yo‘l-kommunal xizmatlari yo‘llardagi ishoralarni yangilay boshladi. Jumladan, Amir Temur xiyoboni bilan kesishuvchi ko‘chalarda stop-chiziqlar va piyodalar yo‘laklari belgilab qo‘yildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.