Pekinda 1400 ot kuchiga ega bo'lgan Zeekr 8X gibrid modeli namoyish etildi

Pekinda 1400 ot kuchiga ega bo'lgan Zeekr 8X gibrid modeli namoyish etildi

Pekin avtosalonida Zeekr 8X yo'ltanlamasining ilk ommaviy taqdimoti bo'lib o'tdi. Yangi model rasman e'lon qilinganidan so'ng atigi yarim soat ichida 10 mingdan ortiq dastlabki buyurtmalar qabul qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avtomobil narxi komplektatsiyasiga qarab 330 mingdan 474 ming yuangacha belgilangan.

Pekinda 1400 ot kuchiga ega bo'lgan Zeekr 8X gibrid modeli namoyish etildi

Model SEA-S Super Hybrid arxitekturasi asosida qurilgan bo'lib, uning uzunligi 5100 mm, g'ildiraklar bazasi esa 3069 mm ni tashkil etadi. Tashqi ko'rinishidan massiv radiator panjarasi, SEA Star Diamond Matrix faralari va intellektual optikasi bilan ajralib turadi.

Salonda 16 dyuymli OLED ekran, 44 dyuymli proeksion displey va yo'lovchilar uchun 17 dyuymli shift ekrani o'rnatilgan. Avtomobil 5 va 6 o'rinli versiyalarda taklif etiladi.

Pekinda 1400 ot kuchiga ega bo'lgan Zeekr 8X gibrid modeli namoyish etildi

Ikkinchi qatorda elektr yordamida boshqariladigan, isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega o'rindiqlar hamda o'rnatilgan sovutkich mavjud.

Texnik jihatdan Zeekr 8X 900 voltli platforma va 2,0 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Ikki motorli versiya 897 ot kuchiga ega bo'lsa, uch motorli Wraith varianti 1400 ot kuchini tashkil etadi.

Eng kuchli talqin 100 km/soat tezlikka 2,96 soniyada erishadi.

Gibrid tizimi faqat elektr energiyasida 410 kilometr masofani bosib o'tish imkonini beradi. Avtomobil beshta lidar va ikkita Thor-U chipi bilan ishlaydigan G-ASD 4.0 avtonom boshqaruv tizimi bilan ta'minlangan bo'lib, bu uni o'z segmentidagi eng texnologik modellardan biriga aylantiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.