GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oshishini tasdiqlamadi

GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oshishini tasdiqlamadi
Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida hamda ayrim saytlarda GM Uzbekistan kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarning narxlarini oshirishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri kompaniya bilan bog‘landi.

Kompaniya xodimining ma’lum qilishicha, GM Uzbekistan hozircha avtomobillar narxlarini oshirish borasida hech qanday chora-tadbirni ko‘zda tutmagan.

Muxbir bilan suhbatlashgan kompaniya xodimi avtomobillar narxlari oshishi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini hamda kompaniya bilan bog‘liq har qanday xabar GM Uzbekistanning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishini bildirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.