Brabus jahondagi eng tez va kuchli Mercedes-Benz kabrioletini taqdim etdi

Brabus jahondagi eng tez va kuchli Mercedes-Benz kabrioletini taqdim etdi
Germaniyaning Brabus atelesi yangi loyihasi — 900 ot kuchiga ega ochiq Mercedes-Benz S-Class’ni taqdim etdi. Kompaniya vakillari uni jahondagi eng tezkor va kuchli kabriolet deb atamoqda. Avtomobilning ommaviy debyuti sentyabr oyining o‘rtalarida Frankfurtdagi motorshouda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Mercedes-Benz S 65 negizida qurilgan yangi mashina 12 silindrli biturbo motor bilan jihozlangan bo‘lib, uning hajmi 6,0 litrdan 6,3 litrga ko‘paytirilgan.
Brabus jahondagi eng tez va kuchli Mercedes-Benz kabrioletini taqdim etdi
Avtomobil modifikatsiya qilingan yetti pog‘onali avtomat o‘tkazmalar qutisiga hamda Brabus’ga xos yuqori ishqalanishli orqa differensialga ega bo‘ldi.
Brabus jahondagi eng tez va kuchli Mercedes-Benz kabrioletini taqdim etdi
Agregat quvvati 270 ot kuchiga o‘sdi.
Brabus jahondagi eng tez va kuchli Mercedes-Benz kabrioletini taqdim etdi
Orqa uzatmali kabriolet 100 kilometr/soat tezlikka chiqishi uchun 3,9 sekund sarflanadi. Bu oddiy Mercedes-AMG S 65 Cabriolet’dan biroz tezroq. Maksimal tezlik 350 kilometr/soatga teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.