Shveysariyada Volkswagen avtomobillari sotilishi to‘xtatiladi

Shveysariyada Volkswagen avtomobillari sotilishi to‘xtatiladi
Shveysariyada Volkswagen avtomobillari sotilishi to‘xtatiladi

Shveysariya hukumati Volkswagen avtokonserni tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning sotilishini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bunga kompaniya avtomobillarining ekologik me’yorlarga to‘g‘ri kelmagani sabab bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, 2009-2014 yillar davomida ishlab chiqarilgan Audi, Seat, Skoda va VW brendi ostidagi 180 ming dona avtomobil taqiq ostiga tushgan. Prognozlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida yana 11 mln dona avtomobil shunday taqiq doirasiga tushishi mumkin. Shuningdek, kompaniyaga 18 mlrd dollar jarima solinadi.

Bu taqiq kompaniyadagi mojarolar yakunlanguniga qadar amalda bo‘ladi.

Biroz oldinroq, Volkswagen‘ning 5 mln avtomobili nosoz dasturiy ta’minot bilan jihozlangani ma’lum bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.