Boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi

Boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
2020 yil 20 yanvar kuni soat 02:30 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan va Shovot tumanida yashagan, A.O. U o‘z boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobilini «Shovot-Urganch» yo‘nalishida boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Natijada haydovchi A.O. bosh qismidan tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.