«GM-Uzbekiston» AJning soxta xodimi odamlarni chuv tushirdi

«GM-Uzbekiston» AJning soxta xodimi odamlarni chuv tushirdi
Andijon viloyati, Asaka tumani Qadriyat mahallasida yashovchi 29 yoshli Ya.Akmalbek fuqarolar — 49 yoshli Sh.Nazirjon, 54 yoshli X.Solijon, 45 yoshli S.Furqat, 41 yoshli S.Sherzod va boshqalarga o‘zini «UzAutoMotors» AJning kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtiradi.

Go‘yoki ularni va qarindoshlarini «GM-Uzbekiston» avtomobil zavodiga haydovchilikka ishga kiritib qo‘yishi va imtiyozli to‘lovlar asosida avtomashina olib berishini va’da qilib, 2020 yil may oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu fuqarolardan jami 21 100 AQSH dollar va 760 000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ya.Akmalbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, Ya.Akmalbek hech qayerda ishlamasligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.