O‘zbekiston avtomobillarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotdi?

O‘zbekiston avtomobillarini eng ko‘p qaysi davlatlarga sotdi?
2021 yilning I choragida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln dollarga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Qayd etilishicha, yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln dollarga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 468 dona) eksport qilingan. Bu eksportning deyarli 95 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:
  • Qozog‘iston — 82,6 mln;
  • Ukraina — 1,5 mln;
  • Afg‘oniston — 1,3 mln;
  • Qirg‘iziston — 963,3 ming;
  • Ozarbayjon — 444,7 ming;
  • Rossiya — 313,0 ming;
  • Tojikiston — 134,4 ming dollar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.