Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin

Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin
Foto: CarBuzz
Hyundai Motor kompaniyasi Germaniyada markaning kelajakdagi modellarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan noodatiy rul chambaragini patentladi. Rulning markazidan ekran o‘rin olgan bo‘lib, ixtirochilar uni yasashda «Formula-1» bolidlarining shturvallaridan ilhomlangan, deb xabar beradi Motor.

Hyundai’ning patent hujjatida ta’kidlanishicha, displey haydovchi uchun xavfsizlik yostiqchasidan foydalanishda noqulaylik tug‘dirmaydi. Qurilma rulning turli qismlariga joylashtirilgan va mustaqil qotirish tizimiga ega, shu sababli eyrbeg to‘qnashuv vaqtida ekranga shikast yetkazmagan holda ochila oladi.

Koreyaliklar displey hisobiga rul funksionalligini kengaytirishga birinchi bor urinmayapti. 2019 yilning bahorida Hyundai tugmalarga ega ikkita sensorli rulni yaratgandi. U haydovchining xohishiga qarab sozlangan. Biroq displeylar u qadar katta va ko‘p ma’lumot sig‘dira olmas, faqatgina boshqaruv elementi vazifasini bajara olardi — xuddi zamonaviy multirullardagi oddiy tugmalar kabi.
Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin
Foto: Hyundai
Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin
Foto: Hyundai
Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin
Foto: Hyundai
Keyinroq Hyundai’ga qarashli korxona rul markazida to‘laqonli ekran joylashgan Genesis Mint konseptini taqdim etdi. U qurilmalar paneli va multimedia tizimi displeyi o‘rnini egallagan. Ekran yon tomonlarida joylashgan oltita alohida sensor panellari yordamida boshqarilgan.
Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin
Foto: Genesis
Yangi Hyundai modellari markazida ekran joylashgan rulga ega bo‘lishi mumkin
Foto: Genesis
Innovatsion rulga qaysi model ega bo‘lishi hozircha noma’lum. Aftidan, u Genesis yoki Hyundai’ning N lineykasidagi modellarga o‘rnatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.