Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi
«Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021 y.).

Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
2010 – 2020 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil sentabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.
Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha almashtirish majburiy edi.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.