1 martdan boshlab LADA avtomobillari narxi 3 foizdan 10 foizga oshdi

1 martdan boshlab LADA avtomobillari narxi 3 foizdan 10 foizga oshdi
1 mart kuni «AvtoVAZ» Rossiyada ham, Oʻzbekistonda ham LADA avtomobillari narxini oshirdi. Bu kompaniyaning yangilangan prays listidan ma'lum boʻldi.

Rossiyada narxlar oʻrtacha 15 foizga oshgan boʻlsa, Oʻzbekistonda model qatoriga qarab 3 foizdan 10 foizgacha:
  • Vesta narxi endilikda 160,9 mln soʻmdan boshlanadi (+3,8 foiz);
  • XRAY — 171,9 mln soʻmdan (+3 foiz);
  • Yangi Largus — 162,9 mln soʻmdan (+5,8 foiz);
  • Niva Legend — 152,9 mln soʻmdan (+4,8 foiz);
  • Niva Travel — 204,9 mln soʻmdan (+9,6 foiz).

«AvtoVAZ» narxlarning oshish sababini oshkor qilmadi, ammo bozordagilar bunga nafaqat mikrosxemalar tanqisligi, balki rubl qadrsizlanishi ham sabab boʻlganini aytishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.