Donald Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida birinchi postini e’lon qildi

Donald Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida birinchi postini e’lon qildi
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp o‘z kompaniyasi tomonidan yaratilgan «Truth Social» («Haqiqat ijtimoiy tarmog‘i»)da ilk postni yozdi.

«MЕN QAYTDIM» — Trampning ilk posti shu so‘zlardan iborat va bosh harflarda yozilgan. Matn bilan birga Tramp Mar-a-Lago qarorgohi (Florida, Palm-Bich)da tushgan suratini joylagan.
Donald Tramp shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida birinchi postini e’lon qildi
Eslatib o‘tamiz, aksariyat ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntlarini bloklaganidan so‘ng, u o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga kirishgandi. «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘i Donald Trampga qarashli «Trump Media&Technology Group» kompaniyasi tomonidan yaratilgan va fevral oyining oxirida ishga tushirilgandi.

21 fevralda «Truth Social» AppStore ilovalar do‘konida paydo bo‘ldi. 25 fevralda, Ilon Mask «Twitter»ni sotib olishi e’lon qilingach, Tramp tarmog‘i ushbu ilovalar do‘konida eng ko‘p ko‘chirib olinadigan ilovaga aylandi.

«Ilon «Twitter»ni yaxshilashiga umid qilaman, u yaxshi odam, biroq men «TRUTH»da qolaman. «TRUTH Social» mening ovozim va uni hech kim mendan tortib ololmaydi», — degan Tramp.

Bugungi kunda Donald Tramp «Truth Social»da 1,88 million obunachiga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.