Xojiboy Tojiboyevning qizi Madina Tojiboyeva Turkiya shahrida farzandining jinsini oshkor qildi!

Qiziqchi Xojiboy Tojiboyevning qizi Madina Tojiboyeva farzandining jinsini yaqinlari davrasida tantanali tarzda oshkor qildi. Ushbu lahzalar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Madina Tojiboyeva turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Turkiyaga safar qilgan. Aynan shu yerda ochiq osmon ostida tashkil etilgan gender party davomida ular yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘lishlarini ma’lum qilgan.
Videolarda yaqinlari va qarindoshlari bilan birgalikda quvonchli lahzalarni nishonlayotgani aks etgan. Madina Tojiboyeva izohlarda muxlislariga ham samimiy tilak bildirib murojaat qilgan.

“Alhamdulillah. Kim havas qilgan bo‘lsa, niyatiga tez kunlarda erishsin. Holalari, amakilari jiyanilarga tilaklari bo‘lsa kommentda yozib ketishsin”, — deb yozgan u.
Muxlislar va kuzatuvchilar esa bo‘lajak ota-onaga iliq tilaklar bildirib, sog‘-salomat farzand tilamoqda.













