Ramzan Qodirov: «Rossiyalik sportchilarga sanksiya qo‘llaganlar kechirim so‘rashi kerak»

Ramzan Qodirov: «Rossiyalik sportchilarga sanksiya qo‘llaganlar kechirim so‘rashi kerak»
Foto: Getty Images
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya sportiga qo‘yilgan sanksiyalar haqida gapirdi.

- \"Menga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganda, o‘zimni g‘olib deb hisoblagandim. Rossiya sportchilari — g‘oliblar. Sportchilarni g‘alaba bilan tabriklayman.

Ulardan qo‘rqishmoqda, ularga ruxsat berilmayapti. Sportchilardagi bor ishtiyoq — Rossiya bayrog‘ini ko‘tarish.

Biz bilan do‘st bo‘lgan hududlar bor deb o‘ylayman. Demak, raqobatlashish mumkin. Butun dunyoga o‘zimizni haq ekanligimizni, bizni sindirib, tiz cho‘ktirib bo‘lmasligini isbotlamagunimizcha yashashimiz kerak.

Bu yaqin kelajakda sodir bo‘ladi. Ular tan olishi, kechirim so‘rashi, Rossiya va barchaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishlari lozim\", - dedi Ramzan Qodirov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.