Putinning qizi Zelenskiy bilan turmush qurgani oshkor bo‘ldi

Putinning qizi Zelenskiy bilan turmush qurgani oshkor bo‘ldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi Katerina Tixonova Bavariya davlat baleti badiiy rahbari Igor Zelenskiy bilan turmush qurgani oshkor bo‘lgan. Bu haqda nemis nashrlari ularning hujjatlariga asoslanib xabar tarqatgan.

Hujjatlardan biriga ko‘ra, 2019 yil 9 dekabrda Myunxen-Moskva yo‘nalishidagi aviaparvozda uchgan yo‘lovchilar ro‘yxati orasida ular ham borligi aytilgan.

Ushbu reysda Katerina Tixonova, Igor Zelenskiy va ularning 2 yoshli qizchasi, 2 ta enaga, fortepyano o‘qituvchisi va Rossiya prezidenti xavfsizlik xizmatining 3 xodimi (Tixonovaning shaxsiy qo‘riqchilari) uchganlar.

Yaqinda esa Bavariya baleti Der Spiegel nashriga Igor Zelenskiy va Putinning qizi sherik bo‘lganini tasdiqlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.