Zelenskiy «Yil odami» deb e’lon qilindi

Zelenskiy «Yil odami» deb e’lon qilindi
AQSHda chiqadigan «Time» jurnali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni «Yil odami» deb e’lon qildi. U uchun nashr mushtariylarining 5 foizi (3,3 million kishi) ovoz bergan.

Ikkinchi o‘rindan 3,5 foiz ovoz bilan Tesla va SpaceX kompaniyalari bosh direktori Ilon Mask joy egalladi. Mask 2021 yilda «yil odami» bo‘lgan edi.

«Time» jurnali dunyodagi eng nufuzli odamlarning yakuniy ro‘yxatini 23 may kuni e’lon qilishi kutilmoqda. Nashr muharrirlari hali ovoz bermaganlari uchun mazkur ro‘yxatda o‘zgarishlar bo‘lishi ham mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.