Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Rossiyaning Ukrainaga bosqinining 90-kunida Vengriya qo‘shni mamlakatdagi urush tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qildi. Xarkovda ikki oydan oshiq davom etgan tanaffusdan keyin yana metro ishlay boshladi, metro o‘tgan vaqt davomida shaharliklar uchun bombapanagoh vazifasini o‘tadi. Mamlakat sharqida Bahmut, Lisichansk, Severodonetsk va Liman uchun shiddatli janglar ketmoqda.
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Kiyev markazida tabassum qilayotgan qizaloqlar. Qayerda yashashidan qat’i nazar, uch oylik urush ukrainlarning hayotini butkul o‘zgartirdi. Front chizig‘iga yaqin joylashgan shahar va qishloqlar aholisi hamon artilleriya zarbalaridan yerto‘lalarga tushib yashirinishga majbur bo‘lmoqda, elektr va gazsiz, hatto suvsiz kun kechirishmoqda. Shu bilan birga, mamlakat g‘arbidagi og‘ir artilleriya zarbalari yetib bora olmaydigan hududlarda ham tez-tez havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar yangrab turibdi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
  • Ukraina mudofaa vazirligi va qator tahlilchilar Rossiya Liman va Severodonetskni egallash uchun katta kuch tashlagani haqida xulosaga kelishdi;
  • Ukraina mudofaa vazirligi rasmiysi Aleksandr Motuzyanik rossiyalik harbiylar Severodonetskni o‘rab olish va Bahmut shahri mudofaasini yorib o‘tishni mo‘ljallayotganini aytdi;
  • Rossiya Liman shahriga yurishni ham faollashtirgan. Shahar uchun janglar ketmoqda, rossiyalik harbiylar shahar ko‘chalariga kira boshlagani haqida xabarlar bor;
  • Ukraina qurolli kuchlari 8 nafar rossiyalikni Kiyev oblastida harbiy jinoyatlar sodir etishda, xususan Motijin qishlog‘i oqsoqoli va uning oila a’zolarini o‘ldirishda aybladi. Qo‘shimcha qilinishicha, ayblanuvchilar orasida yollanma harbiylar ham bor, Ukraina razvedkasi ular Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi «Vagner»ga aloqadorligini aniqlagan;
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban feysbukdagi videomurojaatida Rossiyaning Ukrainaga hujumi tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini ma’lum qildi;
  • Rossiya hukumati hamkasblariga maktub yozib, urushni qoralagan va ishdan bo‘shagan BMTning Jenevadagi ofisida Rossiya missiyasi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan diplomat Boris Bondarevning iste’fosiga munosabat bildirdi. «Bondarev ortiq biz bilan emas, u bizga qarshi», - dedi Kreml vakili Dmitriy Peskov.

Quyida 24 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkov oblasti
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Xarkov yaqinidagi Malaya Rohan qishlog‘idan bo‘lgan Olga Homenko Rossiya tanki snaryadi kelib tushgan mashinadan o‘g‘lining qoldiqlarini qidirmoqda. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Xarkov bozoridagi gul do‘konida qurib qolgan guldastalar
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Xarkov metrosi yo‘lovchilari. Metro ikki oylik tanaffusdan keyin ishga qaytdi, o‘tgan vaqt mobaynida bu yerda zarbalardan yashiringan xarkovliklar jon saqladi. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Xarkov metrosida ketayotgan yo‘lovchilar
AP Photo/Bernat Armangue

Kiyev oblasti
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Metrodan Kiyev markazidagi maydonga chiqayotgan juftlik. Ukrainada urushning uch oyidan keyin komendantlik soati, blokpostlar va yo‘llardagi to‘siqlar kundalik hayot tarzining bir qismiga aylangan. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Kiyevda muzqaymoqxonada mijozlarni kutayotgan ayol
AP Photo/Natacha Pisarenko

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Kiyev oblasti Borodyanka shahridagi faxriylar doskasi janglar vaqtida o‘qlar va oskolkalardan ilma-teshik bo‘lgan. Shahar Rossiya harbiylari okkupatsiyasi vaqtida jiddiy jabrlangan. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Klavdiya Tishchenko Irpendagi uyi derazasidan tashqariga qaramoqd, shahar mart oyida Rossiya qo‘shinlari artilleriyachilari tomonidan vayron qilingan. Foto: Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LET
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Borodyankada vayron qilingan uylar oldida o‘ynayotgan bolakay.
AP Photo/Natacha Pisarenko

Donbass shimoli
Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Ukraina armiyasi harbiysi Lisichansk uchun janglar chog‘ida. Severodonetsk frontida qaqshatqich janglar ketmoqda, Severodonetsk — Lisichansk aglomeratsiyasidagi ukrain qo‘shinlari qurshovga tushishi xavfi mavjud.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
«DXR» kuchlari artilleriyachilari pozitsiyaga agitatsiya snaryadlari olib ketishmoqda (ularga taslim bo‘lishga chaqirilgan varaqalar joylangan)
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Donetsk oblasti Soledar shahrida artilleriya zarbasi oqibatlari
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Donetsk oblasti Bahmut shahri aholisining evakuatsiya jarayoni
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Donetsk oblasti Pokrovsk shahridagi evakuatsiya poyezdi yo‘lovchilari
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Soledarlik ayol evakuatsiya bo‘layotgan yaqinlarini kuzatmoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Urushning 90-kuni: Gul do‘konida qovjiragan gullar, Donbass shimolida — shiddatli janglar
Bahmut shahrida portlashlar oqibatida jiddiy shikastlangan binolar orasida butun qolgan yog‘och panelni ko‘tarib ketmoqda
AP Photo/Francisco Seco
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.