Poroshenko uchinchi urinishda Ukrainadan chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Poroshenko uchinchi urinishda Ukrainadan chiqishga muvaffaq bo‘ldi
Foto: AP
Ukraina sobiq prezidenti Petro Poroshenko mamlakatdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda uning \"Yevropeyskaya solidarnost\" partiyasi deputati Viktoriya Syumar xabar berdi.

\"Petro Poroshenko Yevropa xalq partiyasi sammitiga jo‘nab ketdi\", - deb yozdi u Facebook sahifasida.

28 may kuni Poroshenko ikki marta Polsha chegarasi orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringandi.

Ukraina nashrlarining yozishicha, Petro Poroshenko pasport nazoratidan o‘tayotganida unga berilgan safar guvohnomasidagi QR-kodni o‘qish va hujjatning haqiqiyligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Shu bois unga chegarani kesib o‘tishga ruxsat berilmagan.

Sobiq prezident davlatga xiyonat va terrorizmga aloqadorlikda gumon qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.