Zelenskiy Putinga qarshi shaxsiy sanksiyalar kiritdi

Zelenskiy Putinga qarshi shaxsiy sanksiyalar kiritdi
Foto: BBC
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimira Putinga nisbatan shaxsiy sanksiyalar kiritdi. Farmon Ukraina prezidentining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Farmonga tirkalgan ilovada sanksiyaga tushgan shaxslar ro‘yxati boshida prezident Putin turibdi. Undan so‘ng RF madaniyat vaziri Olga Lyubimova, ta’lim vaziri Sergey Kravsov hamda Fan va ta’lim vaziri Valeriy Falkovlar joy olgan.

Ularga qo‘llangan sanksiyalar — aktivlarni bloklash, viza taqdim etishni rad etish, Ukraina hududiga kirishni va savdo amaliyotlari o‘tkazishni taqiqlash. Cheklovlar muddatsiz amal qilishi ta’kidlandi.

Farmon e’lon qilingan paytidan kuchga kirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.