Afg‘onistondagi kuchli zilzila qurbonlari mingga yaqinlashdi

Afg‘onistondagi kuchli zilzila qurbonlari mingga yaqinlashdi
Afg‘onistonning ikkita viloyatida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ming nafarga yaqinlashgan. Bu haqda Aamaj News xabar tarqatgan.

«Paxtika va Xost viloyatlaridagi zilzila qurbonlari soni 920 kishiga yetgan, 610 kishi jarohatlangan», deyiladi rasmiy xabarda.

«Tolibon» boshqaruvidagi Afg‘oniston hukumati yer qimirlashiga oid shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan. Unda zilziladan jabr ko‘rganlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish vazifasi topshirilgan.

Shuningdek, ikki viloyat hududiga tez tibbiy yordam, oziq-ovqat, kiyim-kechak va jabr ko‘rgan oilalarga mablag‘ yuborish masalasi ham ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun kechasi soat ikkilar atrofida Afg‘onistonda 6.1 balli zilzila sodir bo‘lgan. Yer qimirlashi Qashqadaryo, Samarqand va Jizzaxda 2, Surxondaryoda 3 ball bo‘lib ta’sir o‘tkazgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.