Mixail Gorbachyovning o‘lim to‘shagida ekani tasdig‘ini topmadi

Mixail Gorbachyovning o‘lim to‘shagida ekani tasdig‘ini topmadi
Sobiq Sovet Ittifoqining birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyovning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani bo‘yicha xabar tarqaldi.
Gorbachyovning yordamchisi News.ru nashriga siyosatchining ahvoli bo‘yicha ma’lumot bergan.

«Aniq aytishim mumkin, Mixail Sergeyevich hali yashaydi», - deydi siyosatchining yordamchisi. U hozirda Markaziy klinik shifoxonasida qolmoqda. Bemorning buyraklarida muammolar mavjud, lekin shifokorlarga ko‘ra, bu o‘limga olib keladigan holat emas. Hozirda sobiq rahbar muolajalarni davom ettirmoqda.

O‘n kuncha avval Gorbachyovga yaqin rasmiylar, uning buyrak xastaligidan aziyat chekayotganini ochiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, bu yil M.S,Gorbachyov 91 yoshni qarshi olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.