Shimoliy Koreya Donetskni mustaqil davlat deya tan oldi

Shimoliy Koreya Donetskni mustaqil davlat deya tan oldi
Shimoliy Koreya «DXR» mustaqilligini tan oldi. Bu haqda ushbu hududiy tuzilmaning rahbari Denis Pushilin bayonot bergan.

«KXDR davlatimiz mustaqilligini tan oldi. Mamlakatimizning dunyo arenasidagi mavqei mustahkamlanmoqda», — deya yozgan u.

Shimoliy Koreyaning o‘zi esa tan olish faktini hali rasman tasdiqlamagan.

Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchixonasi Donetsk elchisi Olga Makeyeva bilan tushgan suratni ulashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shimolliklar elchisi Makeyevaga «DXR»ni tan olish bo‘yicha qarorni topshirgan.

Avvalroq, Suriya ham shunday qaror qabul qilgandi. Bunga javoban Ukraina Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.