Kim Chen In dushmanlarni laqillatish uchun sakkizta bir xil qasr qurdirgan

Kim Chen In dushmanlarni laqillatish uchun sakkizta bir xil qasr qurdirgan
Foto: Eye Press News
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan markazida sakkizta bir xil qarorgoh qurdirgan. Daily Mail tahlilchilari ushbu qasrlarning vazifasini aniqladi.

Mualliflarga ko‘ra, KXDR rahbari unga qarshi raketa hujumi uyushtirishi mumkin bo‘lgan «yomon niyatlilar»ni shu tariqa laqillatmoqchi. U binolar orasida ko‘chib, muntazam ravishda turar joyini o‘zgartiradi — uni o‘ldirishni rejalashtirgan dushmanlar qayerga zarba berishni bilmay qoladi.

- \"Bu — o‘n yillardan beri davom etayotgan mushuk-sichqon o‘yinining navbatdagi bosqichi, unda Shimoliy Koreya rahbari o‘zining qayerda ekani haqidagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan qochadi\", — deb yozadi Daily Mail.

Qayd etilishicha, qasrlar barcha zarur narsalar bilan jihozlangan. Binolar ichida hatto ko‘ngilochar joylar va restoranlar mavjud.
Kim Chen In dushmanlarni laqillatish uchun sakkizta bir xil qasr qurdirgan
Pentagonda KXDR rahbarining 8 ta hashamatli qarorgohi joylashuvi
Foto: Pen News
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.