Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)

Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)
Avval xabar berganimizdek, Turkiya Din ishlari boshqarmasi (Diniy idorasi) tomonidan bu yil 90 mingdan ortiq masjid qoshida Qur’on kurslari tashkil etilgandi.

4 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar alohida sinflarda bepul shaklda o‘qitildi.
Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)
Joriy yilning 27 iyunidan 26 avgustiga qadar viloyat va tuman muftiylari koordinatsiyasida o‘tkazilgan kurslarda millionlab bolalar Qur’onni tadvid bilan qiroat qilishni va diniy bilimlarni o‘rgandilar.
Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)
Joylarda milliy-ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkaziladigan yozgi Qur’on kurslarining yopilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)
Adana viloyatidagi Hoji Nuri Chomu masjidida o‘tkazilgan marosimda kurslarda yaxshi o‘qigan bolalarga 70 ta velosiped, 60 ta dron, 50 ta skuter, 50 dona aqlli soat va 40 ta sovg‘a sertifikatlari tarqatildi.
Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)
Adana viloyati muftiysi Mehmet Tashchi so‘zga chiqib, “Yozgi Qur’on kurslari millionlab bolalar uchun katta ixlos va umid bilan farzandlarini masjid va Qur’on kurslariga yuborish orqali xalqimiz o‘z dinini va Qur’onni o‘rganishi uchun katta muvaffaqiyatdir. Bu o‘quvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan juda jiddiy ta’lim-tarbiyaviy tadbirdir\", dedi.
Turkiyada yozgi Qur’on kurslari yakunlandi (foto)
Aydin Efeler tumani muftiyligiga qarashli 275 ta yozgi Qur’on kurslarida 5794 nafar yoshlar tahsil oldi.

Diyarbakir viloyatidagi 1939 ta masjidlar qoshida bu yil 2 ming 796 ta markazda jami 56 ming 818 nafar yoshlar ta’lim oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.