AQSH “Sharq-2022” harbiy mashg‘ulotlaridan xavotirda

AQSH “Sharq-2022” harbiy mashg‘ulotlaridan xavotirda
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, bugun boshlangan “Sharq-2022” mashg‘ulotlarida 14 davlatdan harbiy xizmatchilar va harbiy kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per Hindistonning Rossiyadagi “Sharq-2022” mashg‘ulotlarida ishtirok etishidan xavotir bildirdi.

Kundalik matbuot anjumanida Hindistonning “Sharq-2022” mashqlaridagi ishtiroki haqidagi savolga Jan-Per shunday dedi:
Rossiya Ukrainaga qarshi shafqatsiz urush olib borayotgan bir paytda, AQSH ruslar bilan mashg‘ulotlarda qatnashayotgan har qanday davlatdan xavotirda. Lekin, albatta, har kim o‘z qarorini qabul qilishda erkindir”.

Jan-Per nega Qo‘shma Shtatlar Hindistonga ushbu mashg‘ulotlarda qatnashmaslik uchun bosim o‘tkazmadi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, bugun boshlangan “Sharq-2022” mashg‘ulotlarida Rossiya, Xitoy, Hindiston va Ozarbayjon kabi 14 davlatdan harbiy xizmatchilar va harbiy kuzatuvchilar ishtirok etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.