«Uzoq o‘tirib qoldim»: Ramzan Qodirov lavozimdan ketish haqida gapirdi

«Uzoq o‘tirib qoldim»: Ramzan Qodirov lavozimdan ketish haqida gapirdi
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov videomurojaat yo‘llab, rahbarlik ketish vaqti kelganini aytdi.

«Men lavozimda juda uzoq o‘tirganimni payqadim. O‘ylaymanki, men uzoq ta’tilga to‘liq loyiqman», — deya o‘z videosiga izoh berdi u Telegram-kanalida.

Janob Qodirov o‘z bayonoti davomida chechen maqolini misol qilib keltirdi. «Kavkazda shunday gap borki, mehmon qancha kutilgan bo‘lmasin, o‘z vaqtida jo‘nab ketsa yaxshi bo‘ladi», — dedi u iste’foga shama qilib.

Qodirov 2017 yil noyabr va 2016 yil fevral oylarida ham xuddi shunday bayonotlar bilan chiqqan edi.

Ramzan Qodirov Chechenistonni 16 yildan beri boshqarib keladi, u bu lavozimga 2007 yilda kelgan. Hozirda Rossiyada mintaqa rahbarlarining vakolat muddatiga hech qanday cheklovlar yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.