Qirg‘iziston energetika vaziriga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qirg‘iziston energetika vaziriga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: Tazabek
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakat energetika vaziri Doskul Bekmurzayevga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bekmurzayev mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanyapti.

Birinchi ayblov: Energetika vaziri 2021-2022 yillarda davlat budjeti hisobidan xodimlarini BAA, Turkiya, Rossiya va O‘zbekistonga xizmat safariga yuborgan, oqibatda davlatga moddiy zarar yetkazilgan. Gap shundaki, ularning mutaxassisligi energetika sohasiga daxldor bo‘lmagan.

Ikkinchi ayblov: Bekmurzayev vaqtincha «Elektr stansiyalari» OAJ foydalanuvida bo‘lgan «Issiq kalitlar» sog‘lomlashtirish majmuasini ta’mirlashga 15 million somdan ortiq ($180 ming) yo‘naltirib, zarar yetkazgan.

Tazabek nashri izoh so‘rab bog‘langanida, Bekmurzayev «osma olayotganini» aytib, qo‘ng‘iroqni o‘chirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.