Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasporti olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi

Rossiyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasporti olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi
Foto: Telegram
Rossiyaning Tyumen viloyatida O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, majburan ishlatilgani aniqlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan.

Ularning murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi vakili tomonidan o‘rganildi va Rossiyaning mutasaddi tashkilotlari bilan tezkor harakatlar natijasida hujjatlari olib berilib, huquqlari tiklandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.