Pike Shakiraning “Gremmi”sini olib qo‘ydi

Pike Shakiraning “Gremmi”sini olib qo‘ydi
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike va taniqli xonanda Shakira o‘rtasida yangi mojaro chiqdi. Ma’lumki, futbolchining xiyonatidan xabar topgan Shakira farzandlarini olib, Ispaniyadan ummonortiga ko‘chib ketgandi.

La Razon nashrining xabar berishicha, futbolchi xonanda uchun juda qadrli bo‘lgan “Gremmi” sovrinini olib qo‘ygan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Pike shu orqali farzandlari bilan ko‘rishish borasidagi shart-sharoitlarni o‘ziga moslashtirib olishga harakat qilmoqda.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, Pikening ofisida hali ham Shakiraga tegishli bo‘lgan uchta sovrin turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.