O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga 3 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarining tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakat yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4 oktabr kuniga mo‘ljallangan. Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
Prezidentimizning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.