Isroil Ukrainaning ittifoqchisiga aylanishini ma’lum qildi

Isroil Ukrainaning ittifoqchisiga aylanishini ma’lum qildi
Foto: The Times of Israel
Isroil endilikda Ukrainaning ittifoqchisiga aylanadi. Bu haqda Isroil tashqi ishlari vaziri 16 oktabr, yakshanba kuni Twitter sahifasi orqali ma’lum qildi.

«Bugun ertalab Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Bu qonli mojaroda Isroil qaysi tomonni tanlashi kerakligi haqida hech qanday shubha qolmadi. Ukrainaga AQSH va NATO yetkazib berayotgan harbiy yordamlar kabi Isroil tomonidan berilishi kerak bo‘lganlarning ham vaqti keldi», — deb yozdi Nachman Shay o‘zining Twitter sahifasida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.