Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga 30 mamlakatdan 28 tasi rozi

Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shvetsiya va Finlyandiyaning alyansga a’zo bo‘lishini tashkilotga a’zo 30 mamlakatdan 28 tasi ratifikatsiya qilgani haqida xabar berildi.
Yens Stoltenberg, bu borada Shvetsiya va Finlyandiyaga bosim o‘tkazilsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
NATO Parlament assambleyasi sayti ma’lumotiga ko‘ra, ratifikatsiya qilmagan ikki mamlakat — Turkiya va Vengriya.
Ma’lumot uchun: NATOga 30 mamlakat a’zo: Albaniya, AQSH, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Litva, Luksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Shimoliy Makedoniya, Estoniya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yens Stoltenberg, bu borada Shvetsiya va Finlyandiyaga bosim o‘tkazilsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
NATO Parlament assambleyasi sayti ma’lumotiga ko‘ra, ratifikatsiya qilmagan ikki mamlakat — Turkiya va Vengriya.
Ma’lumot uchun: NATOga 30 mamlakat a’zo: Albaniya, AQSH, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Litva, Luksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Shimoliy Makedoniya, Estoniya.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













