Obama hazil aralash o‘zidan keyingi prezident Hillari Klinton bo‘lishiga ishora qildi


Oq uyda muxbirlar assosiasiyasi uchun tashkil qilingan an’anaviy kechki ovqat mahalida AQSh prezidenti Barak Obama hazil aralash mamlakatning keyingi prezident ayol kishi, ya’ni Hillari Klinton bo‘lishiga ishora qildi. Bu haqda \"Kun\" nashri xabar beradi.
\"Keyingi yilda bu erda boshqa kishi turadi, qaysi ayol haqida gapirayotganimni fahmlayotgan bo‘lsangiz kerak\", degan Obama.
Obama har yili o‘tkaziladigan bunday marosim vaqtidagi norasmiy chiqishida turli hazillar ishlatgan.
U o‘z ustidan ham hazil qilishni unutmagan.
\"8 yil avval men yosh edim, boshim idealistik g‘oyalar bilan band edi. Endi esa sochim oqarib ketdi. Vaqt o‘lim sari hisobni boshlagan\", degan prezident.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













