Birinchi bosh vazir-ayol Italiya hukumatni shakllantiradi

Foto: LRT
Mamlakat prezidenti parlament saylovida g‘alaba qozongan «Italiya birodarlari» partiyasining yetakchisi Jorja Meloniga hukumatni shakllantirish vakolatini berdi. Jorja Meloni (45 yosh) Italiya tarixiga birinchi bosh vazir-ayol sifatida kirmoqda.
«Prezident Meloni xonimga hukumatni shakllantirishni topshirdi, u rozilik berdi», — ma’lum qildi prezident administratsiyasi bosh kotibi Ugo Dzampetti.
Dzampetti qo‘shimcha qilishicha, Meloni davlat rahbariga vazirlik lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etgan. Ularning aksariyati — «Italiya birodarlari» partiyasi vakillari.
Italiyaning yangi hukumati bugun, 22 oktabr kuni qasamyod qilishi rejalashtirilgan.
Italiyadagi parlament saylovida «Italiya birodarlari» o‘nglar partiyasi eng ko‘p — 26 foiz ovoz to‘plagan. Partiyaning koalitsiyadoshlari — Matteo Salvini boshchiligidagi g‘ayriimmigrantlar «Liga»si hamda sobiq bosh vazir Silvio Berluskonining «Olg‘a, Italiya»si bo‘ldi.
Jorja Meloni — an’anaviy oilaviy va xristian qadriyatlari, immigratsiyani cheklash, Yevropaning xavfsizligi uchun kurashish, iqtisodiy liberalizm va proteksionizm g‘oyalari tarafdori. Geosiyosiy maydonga u atlantizm (Yevropa va Shimoliy Amerika mushtarakligi) pozitsiyasi vakilasi sifatida kirib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Mamlakat prezidenti parlament saylovida g‘alaba qozongan «Italiya birodarlari» partiyasining yetakchisi Jorja Meloniga hukumatni shakllantirish vakolatini berdi. Jorja Meloni (45 yosh) Italiya tarixiga birinchi bosh vazir-ayol sifatida kirmoqda.
«Prezident Meloni xonimga hukumatni shakllantirishni topshirdi, u rozilik berdi», — ma’lum qildi prezident administratsiyasi bosh kotibi Ugo Dzampetti.
Dzampetti qo‘shimcha qilishicha, Meloni davlat rahbariga vazirlik lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etgan. Ularning aksariyati — «Italiya birodarlari» partiyasi vakillari.
Italiyaning yangi hukumati bugun, 22 oktabr kuni qasamyod qilishi rejalashtirilgan.
Italiyadagi parlament saylovida «Italiya birodarlari» o‘nglar partiyasi eng ko‘p — 26 foiz ovoz to‘plagan. Partiyaning koalitsiyadoshlari — Matteo Salvini boshchiligidagi g‘ayriimmigrantlar «Liga»si hamda sobiq bosh vazir Silvio Berluskonining «Olg‘a, Italiya»si bo‘ldi.
Jorja Meloni — an’anaviy oilaviy va xristian qadriyatlari, immigratsiyani cheklash, Yevropaning xavfsizligi uchun kurashish, iqtisodiy liberalizm va proteksionizm g‘oyalari tarafdori. Geosiyosiy maydonga u atlantizm (Yevropa va Shimoliy Amerika mushtarakligi) pozitsiyasi vakilasi sifatida kirib kelmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













