Ukrainada sud tomonidan 12 ta partiya faoliyati taqiqlandi

Ukrainada sud tomonidan 12 ta partiya faoliyati taqiqlandi
Foto: rada.gov.ua
«Ukraina Oliy sudi tarkibidagi Kassatsiya ma’muriy sudi «Ukraina sotsialistik partiyasi» apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi. Bu bilan uning faoliyati mamlakat hududida uzil-kesil taqiqlandi», deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmati xabarida.

Ukrainada faoliyati taqiqlangan rossiyaparast partiyalar soni 12 taga yetdi. Hozirgi paytda mamlakatda «Muxolifat bloki», «Sotsialistlar», «Adolat va rivojlanish», «Biznikilar», «Davlat», «Shariy partiyasi», «Vladimir Saldo bloki», «So‘l oppozitsiya», «So‘l kuchlar ittifoqi», «Hayot uchun — muxolifat platformasi», «Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi», «Ukraina sotsialistik partiyasi» faoliyati taqiqlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.