Filippinlik o‘qituvchining ko‘chirmachilikka qarshi qo‘llagan usuli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi

Filippinlik o‘qituvchining ko‘chirmachilikka qarshi qo‘llagan usuli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi
Foto: MARY JOY MANDANE-ORTIZ
Filippinning Legazpi shahridagi Bikol universiteti qoshidagi muhandislik kolleji o‘quvchilariga imtihon javoblarini boshqalardan ko‘chirmaslik uchun maxsus bosh kiyim yasab kelish aytilgan. O‘quvchilar karton qog‘ozlari, tuxum qutilari va boshqa qayta ishlanadigan materiallardan o‘zlariga bosh kiyim yasab, imtihon davomida shuni kiyib, topshiriq bajarishgan.
Filippinlik o‘qituvchining ko‘chirmachilikka qarshi qo‘llagan usuli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi
Ko‘chirishga qarshi bunday bosh kiyim tayyorlashni o‘quvchilardan so‘ragan professor Meri Joy Mandane-Ortiz bu usul haqiqatan ham foyda berganini aytadi.
Filippinlik o‘qituvchining ko‘chirmachilikka qarshi qo‘llagan usuli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi
Ko‘chirishning imkoni bo‘lmagani uchun ham o‘quvchilar imtihonga juda qattiq tayyorlanib kelishgandi. Shu sabab ham ularning ko‘pi testini belgilangan vaqtdan oldin tugatdi va bu yil ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmadi”, – degan Meri Joy Mandane-Ortiz BBC’ga bergan intervyusida.
Filippinlik o‘qituvchining ko‘chirmachilikka qarshi qo‘llagan usuli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi
Professor o‘quvchilarining imtihon jarayonidan Facebook’da postlar joylagach, suratlar minglab layk yig‘gan. Mamlakatdagi ayrim ta’lim muassasalari ham imtihonda shu usulni qo‘llamoqchiligi haqida yozishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.